Ummon - Kerakmas

Sevardi qiz uni jondan,
Yurak bag’ri sindi yordan.
Kutmagandi, lekin afsus
U ketdiyu va keldi kuz.

Kuz keldimi albatta keladi bahor,
Faqat qishning sovug’idan o’tib ol.
Qiz esa hamon undan umidvor, umidvor.

Qiz unga ishonardi o’zidan ko’proq,
Maftun ko’zlariga dunyo ko’rinar qora-oq.
U bilan o’rganib bo’lgan olishga nafas,
Qizga undan ortiq hech kim kerakmas.
Kerakmas, kerakmas, kerakmas.

Yog’ar yomg’ir, kuz yig’lar,
Bechora qiz endi netar?
Yuragida uning ismi,
Ko’z oldidan ketmas jismi.

Xayollarini o’g’irlab ketdi-ku u,
Achinmadi yosh qizga.
Qiz esa birinchi bor sevgan edi
Hayotida, xayolida. (xayolida)

Qiz unga ishonardi o’zidan ko’proq,
Maftun ko’zlariga dunyo ko’rinar qora-oq.
U bilan o’rganib bo’lgan olishga nafas,
Qizga undan ortiq hech kim kerakmas.
Kerakmas, kerakmas, kerakmas.

Bilsang edi qanchalar behol,
Kutdi sani tunlar bo’lib bedor,
Derazadan yo’llaringga bo’lib intizor,
Bir shirin so’zingga etding zor.

Kuz keldimi albatta keladi bahor,
Faqat qishning sovug’idan o’tib ol.
O’tib ol, o’tib ol…
(Qiz unga ishonardi…)

Qiz unga ishonardi o’zidan ko’proq,
Endi ko’zlariga na qora ham oppoq.
Usiz ham o’rganib bo’ldi olishga nafas,
Qizga endi bola umuman kerakmas.
Kerakmas, kerakmas, kerakmas.



Бошка кушик матнлари:


Kumush Razzoqova - Ketdi-ketdi
Shahzoda - Umidvor
Ummon - Yomg’ir
Shahzoda, Shaxriyor - Birinchi sevgi
Ummon - Ana endi yig’la


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты