O'lmas Olloberganov - Onam

Yomg’ir bo’lib yig’lar onam,
Iztiroblardan dodlasam.
Netay to’lmoqda paymonam,
Onam ro’molin hidlasam. (x2)

Yolg’iz suyanchig’im onam,
Boshqa hech kimim yo’q edi.
Boshimni silar yagonam,
Borida ko’nglim to’q edi.

Shamol bo’lib esar onam,
Dardga chidolmay oh ursam.
Onamga hamroh ostonam,
Namli ko’zlarimga surtsam.

Onam, onam,
Ne kunlarni ko’rmagan onam.
Onam, onam,
Sabrligim, mo’minim onam.

Qancha g’amni ko’rgan onam,
Men deb bo’ldi umri xazon.
Kulib silardi peshonam,
Qayda endi u mehribon?

Xazin kuyday yangrar onam,
Bu azoblardan ingrasam.
Chaqirsaydi deb “bolam”,
Zora tushimda tinglasam.

Xayolimda tirik onam,
Uyga kiraman shoshilib.
Huvillab qolgan koshonam,
Yig’layman unga qo’shilib.

Ko’z yosh bo’lib oqar onam,
Yuzlarim silaganday.
Netay to’lmoqda paymonam,
Yig’lamasdan yashay qanday? {x2}

Onam, onam,
Bo’ylaringdan o’rgilay, onam.
Onam, onam,
Ko’zlaringdan o’rgilay, onam. (x2)
Onam…



Бошка кушик матнлари:


Og'abek Sobirov - Onamga teng bo’la olmas
Xushnud - Tushlaringga kiraman
Og'abek Sobirov - Onam sizga yoqmasa
Bojalar guruhi - Yigirma yosh
Alisher Fayz - Shamol


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты