Ummon - Azizam

Yurak og’rib, qiynalar qalbim,
Bora-bora og’irlashar dardim.
Bilsam hatto qolmabdi zarracha qadrim,
Yaralandi qalbim.

So’ramagin, nega ketmoqdasan deb so’ramagin,
Izlamagin, qorong’u tunlar ichra izlamagin.
Dam-dam, yolg’onlaringga ber dam,
Ko’nglimga malham endi emassan, azizam.

Dam-dam, yolg’onlaringga ber dam,
Ko’nglimga malham endi emassan, azizam.

Ortiq qaytib qilma qo’ng’iroq,
Yozma xatlar, yozmayman javob,
Yozma meni qanchalar sog’inganing.

Qolmadi xalovat, ma’yus ko’nglim sen deb,
Baytlarim haqiqat, qayga qilding mani g’arq?
Mendan bo’ldi yetar, yurak sendan kechar,
Azizam, yolg’onlaringga ozgina bergin dam.

Dam-dam, yolg’onlaringga ber dam,
Ko’nglimga malham endi emassan, azizam. (x2)

So’ramagin, nega ketmoqdasan deb so’ramagin,
Izlamagin, qorong’u tunlar ichra izlamagin.
So’ramagin…



Бошка кушик матнлари:


Asilbek Negmatov - Sog’inganim bor
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi
Ummon - Yo`qol
Botir Qodirov - Bora-bora
Ummon - Ko’ngil


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты