G'anisher Abdullayev - Qayda eding

Muhabbatim zorlanganda qayda eding,
Yurakkinam xo’rlanganda qayda eding?
Boshim ne kunlarni ko’rdi, Xudo guvoh,
Dushmanlarim kulganida oyda eding. (x2)

Baxtim quchoq ochganida keldingmi yor,
Quyoshim nur sochganida keldingmi yor?
Bir og’iz shirin so’zga zor yarim ko’nglim
Yig’laganda, yig’latgan ul mayda eding.

Jon oluvchi nigohingdan yor qo’rqaman,
Tinch qo’y meni iltimos, bor qo’rqaman.
Men fidoyi oshiqlarning gadosiman,
Mehrga zor yurganimda qayda eding?

Muhabbatim zorlanganda qayda eding,
Yurakkinam xo’rlanganda qayda eding?
Boshim ne kunlarni ko’rdi, Xudo guvoh,
Dushmanlarim kulganida oyda eding. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Ziyoda - Mayda-mayda
Yulduz Usmonova - Mayda-mayda (Nastarin)
Surxon guruhi - Sirg’ali qiz
Daler - So’nggi iltimos
Azizshox - Shirinim mani


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты