Sharof Muqimov - Man shaydo

Qora ko’zingizga man shaydo,
Shirin so’zingizga man shaydo.
Yuragimda o’zingiz, siz tanho,
Buncha mani qiynamang siz. (x2)

O’zingizga qarasam,
Ko’zingizga qarasam,
Qizarasiz uyalib,
Ismingizni so’rasam.

Yoqut yanoq, g’uncha lab,
Sizdan quyosh nur talab.
Sizni yaratgan asli
Xudoyim ham erkalab.

Qora ko’zingizga man shaydo,
Shirin so’zingizga man shaydo.
Yuragimda o’zingiz, siz tanho,
Buncha mani qiynamang siz. (x2)

Sizdan uzib mast ko’zim,
Adashar aytar so’zim.
Sizni bir kun baribir
Olib qochaman o’zim.

Kulib-kulib boqasiz,
Menga shundoq yoqasiz.
Chiroyli noz ila
Yuragimni yoqasiz.

Qora ko’zingizga man shaydo,
Shirin so’zingizga man shaydo.
Yuragimda o’zingiz, siz tanho,
Buncha mani qiynamang siz. (x4)



Бошка кушик матнлари:


Sevinch Mo'minova, Sharof Muqimov - Bu hayot
Dilnoza Ismiyaminova - Talab-talab
Ozoda Nursaidova - Bemor qiz nolasi
Azim Mullaxonov - Chiroyli
Ziyoda - Top-top


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты