Yor yurgan ko’chaning farroshi bo’lsam koshki,
Har nafas men yonida yo’ldoshi bo’lsam koshki.
Bu chamanda uxlagan chog’i ko’ngul devoriga,
Naqsh etib tasvirini, naqqoshi bo’lsam koshki. {x2}
Kiprigim birlan silab xolin asta uyg’otib,
Tong nasimidek sahar sirdoshi bo’lsam koshki.
Kuyga tushsa pardaviy men shunda bo’lsam zarrasi,
Xuddi ko’z oldida o’ynar yoshi bo’lsam koshki. {x2}
Bu quyosh qadrini bilmasdan yumilsa qaysi ko’z,
Xanjar ursam qon dil, xaffoshi bo’lsam koshki.
Ishqning tarixida Farhod-u Majnun nomi bor,
Chust minor birla ular safdoshi bo’lsam koshki.
Yor yurgan ko’chaning farroshi bo’lsam koshki…
Бошка кушик матнлари: