Ummon - Ertagimda

Sen qora ko’zim, shirin so’zim,
Shirin so’zlaringga oshiq mana man o’zim.
Havo-suvday sen menga kerak, yolg’izim.

Tunda nur sochsa, agar quyosh,
Unda nurlaridan olgin huzur.
Agar yomg’ir yog’sa yerdan osmonga,
Unda sen mening ertagimda bo’l.

Agar xohlasang bulutlardan
Qurib beraman uy, tomiga qadab gul.
Xohlasang dengizlar ustidan
Yuramiz piyoda, u yoqda.

Mening ertagimda, ha,
Quyosh tunda uyquga ham ketmaydi.
Mening ertagimda, ha,
Yulduzlarni ham qo’l bilan ushlaydi.

Ertagimda, haa-a, haa-a, haa-a… (x2)

(Sen qora ko’zim, shirin so’zim,
Shirin so’zlaringga oshiq mana man o’zim.
Havo-suvday sen menga kerak, yolg’izim.)

Yursang izlaringdan o’sar gullar,
Bitta daraxtda har xil mevalar.
Faqat sen bilan mening erkam,
Ertagimda birga bo’lgim kelar.

Agar xohlasang bulutlardan
Qurib beraman uy, tomiga qadab gul.
Xohlasang dengizlar ustidan
Yuramiz piyoda, u yoqda.

Mening ertagimda, ha,
Quyosh tunda uyquga ham ketmaydi.
Mening ertagimda, ha,
Yulduzlarni ham qo’l bilan ushlaydi.

Ertagimda, haa-a, haa-a, haa-a… (x2)

Tunda nur sochsa, agar quyosh…
Agar xohlasang bulutlardan qurib beraman uy…



Бошка кушик матнлари:


Dan Balan - The MaYa Hee Song (feat. Lucas Prata)
Osiyo guruhi - Yomg’ir
Ummon - Yomg’ir
Botir Qodirov - Qiynoqda
Shohruz - Yomg’ir


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты