Kaniza - Hammasigayam

Maning yorimdan ko’nglim qolsa-ya,
Baqir-baqirlab urushsa-ya,
Birontasi yonim olmasa,
Xafa bo’laman-o hammasidanam. (x2)

Akasidanam, ukasidanam,
Amaki-yu pochcha, tog’asidanam! (x2)

Maning yorimning ko’ngli gullasa,
Shaqir-shaqirlab kulib yursa,
Unga sababchi ular bo’lsa,
Xizmatidaman-o hammasiga-ya – (x2)

Akasiga ham, ukasiga ham,
Amaki-yu pochcha, tog’asiga ham! (x2)

Maning yorimni yo’ldan ursa-ya,
Aldab-aldab, qayrab olsa-ya,
Yomon ko’rinsa ko’zimga-ya,
Alam olaman-o hammasidanam. (x2)

Hey, akasini ham, hey, ukasini ham,
Hey, amaki-yu pochcha, tog’asini ham. (x2)
Qo’shig’imni aytib o’ynataman-a!



Бошка кушик матнлари:


Munisa Rizayeva - Xafa-xafa
Ozodbek Nazarbekov - Xafa bo’laman
Shahzoda - Ursa
Doston Ubaydullaev, Kaniza - Va’da bergin
Mahmud Namozov - Alamo


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты