Asal Shodieva - Yolg’izim

Qo’ygin, ochma ko’ngil daftarin,
Boshda qolsin boshdan o’tgan sir.
Hech kim seni sevmagan mendek,
Yolg’izim deb meni ishontir.

Intizorman har lahza, har on,
Hijroningdan yuragim qondir.
Kirib kelgin istagan zamon,
Yolg’izim deb meni ishontir.

Yaralganman sen uchun faqat,
Yomonlardan mutlaqo qoldir.
Dilim yoqsin o’tli muhabbat,
Yolg’izim deb…

Dilim yoqsin o’tli muhabbat,
Yolg’izim deb meni ishontir,
Meni ishontir.

Bevafolik qilsam men agar,
Mayli, meni o’tlarda yondir.
Vafo so’zi, uldur mo’tabar,
Yolg’izim deb…

Har so’zingdan osmonda boshim,
Ko’nglim olmoq juda osondir.
Erkala, sev, beqalam qoshim,
Yolg’izim deb meni ishontir.

Yaralganman sen uchun faqat,
Yomonlardan mutlaqo qoldir.
Dilim yoqsin o’tli muhabbat,
Yolg’izim deb…

Dilim yoqsin o’tli muhabbat,
Yolg’izim deb…

Yaralganman sen, sen, sen uchun faqat,
Dilim yoqsin o’tli muhabbat…
Muhabbat…



Бошка кушик матнлари:


Hadicha Qurbonova - Erkala
Jahongir Otajonov - Meni sev
Ummon - Men seni sevaman
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Farrux Raimov - Mani sev


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты