Baxtiyor Rahmonov - Quyosh porlamoq uchun

Gul gulga egilib sokin bog’ aro,
Nenidir shivirlab aytdi ohista.
Yel nafasi tegib gulbargga bir on,
Birlashdilar go’yo manguga.

Istaklari tushday shohista, lek barin
Oxirigacha anglamoqqa yo’q imkon.
Nasib etmas axir ularga visol
Bu yorug’ dunyoda balki hech qachon.

Quyosh – porlamoq uchun,
Havo – chaqnamoq uchun,
Lablar – sevgi tortig’i,
Yurak – ham firoq uchun. (x2)

Barchasini bo’laklab,
Qoldirgum bir falak.
Bu dunyoda baxt yo’q
Sening sevgingdan bo’lak.

O’tina olmayman men,
Kechirgansan, bilaman.
Ko’z yoshim-la muhrlab
Seni mangu sevaman.

Quyosh – porlamoq uchun,
Havo – chaqnamoq uchun,
Lablar – sevgi tortig’i,
Yurak – ham firoq uchun. (x2)

Barchasini bo’laklab,
Qoldirgum bir falak.
Bu dunyoda baxt yo’q
Sening sevgingdan bo’lak.

Bu dunyoda baxt yo’q
Sening sevgingdan bo’lak…



Бошка кушик матнлари:


G'ulomjon Yoqubov - Shohista qiz
Avazbek Olimov - Ohista
Mirjamol - Afsus
Dj Piligrim - Seni sevaman
Shohruz - Onam aytdi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты