G'iyos Boytoyev - Yurak

Sizning yurak yuragu,
Bizniki yurakmasmu?
Sizga visol keragu,
Bizlarga kerakmasmu? (x2)

Siz misli malikadek
Shahzodangiz kutsangiz,
Orzuingiz osmonu,
Bizniki tilakmasmu?

Sizning yurak yuragu,
Bizniki yurakmasmu?
Sizga visol keragu,
Bizlarga kerakmasmu?

Tunlarim uzun-uzun,
Kunlarim mahzun-mahzun,
Kelmaysiz nechun-nechun?
Savollar tugun-tugun.

Turmush – o’tar g’ildirak,
Hayot – oqar charxpalak,
Ko’zlarim maftun-maftun,
So’zlarim majnun-majnun.

Sizning yurak yuragu,
Bizniki yurakmasmu?
Sizga visol keragu,
Bizlarga kerakmasmu? (x2)

Izlab borsam kim demang,
So’zlab borsam kim demang, (x2)
Kunduz borsam kun demang,
Oqshom borsam tun demang. (x2)

Ahad ko’ngli xatomi?
Kuygan dilga jazomi?
O’zgasini tanlayver,
Mensizlikka ko’n demang.

Sizning yurak yuragu,
Bizniki yurakmasmu?
Sizga visol keragu,
Bizlarga kerakmasmu? (x3)
Bizlarga kerakmasmu?



Бошка кушик матнлари:


Sogdiana - Yurak mahzun
Ummon - Bu oqshom
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Nasiba Abdullaeva - Ota
Ilhom Ibrohimov - Sizga sevgim chin


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты