Shukurkim, ko’nglim osmoni uzra mahbubim ohim bor,
Misoli Ka’bai-olam degudek sajdagohim bor, dod-ay.
Qo’shiqqa to’ldirurman to’lmagan bo’lsa bu olamni,
Qo’limda sen degan torim, dilimda qancha ohim bor-ay.
Saboh rohatda uyg’onmish hamisha bulbul ohidin,
Mening ham endi bulbuldek ohim bor, sabohlardan guvohim bor.
Mening ham endi bulbuldek ohim bor, sabohlardan guvohim bor,
Dod-ay, dod-ay.
Yo’qlatmagan har kuning yilcha bo’lurmu, hay-hay,
Shunchalik shafqat bilmas, tilcha bo’lurmu, hay-hay?
(Xush) Surating bir nafas tinch qo’ymas xayolimni,
Ko’z shahloyu qoshi sanilcha bo’lurmu, hay-hay? (x2)
Har so’zi yuz andisha, qilg’il donoligingni,
Ko’ngilning nozikligi qilcha bo’lurmu, hay-hay?
Goh ajal, goh asaldek so’zlaring do’ndog’damon,
Jon olib, jon berguvchi shuncha bo’lurmu, hay-hay?
Vaslingni umididin dunyodan o’tib borgum,
Qanoatda Saida filcha bo’lurmu, hay-hay?
Vaslingni umididin dunyodan o’tib borgum,
Qanoatda Zulayho filcha bo’lurmu, hay-hay?
Yo’qlatmagan har kuning yilcha bo’lurmu, hay-hay,
Shunchalik shafqat bilmas, tilcha bo’lurmu, hay-hay?
Jon olib, jon berguvchi shuncha bo’lurmu, hay-hay?
Бошка кушик матнлари: