Yodgor Mirzajonov - Ayol

Sokin tunlar uyg’onar cho’chib,
Dildan umid shamlari o’chib,
Orzu qilar beshigin quchib,
Yaratganga yolvorib zor-zor,
Farzand so’rab yig’laydi ayol.

Ko’kka boqar ko’zi mo’ltirab,
Dunyo emas, bir tirnoq tilab,
Qo’g’irchoqning boshin silab,
Oqshomlari, tunlari bedor,
Farzand so’rab yig’laydi ayol.
Farzand so’rab yig’laydi ayol.

Jismi-joni butun bir xasta,
Bo’m-bo’sh beshik tebranar asta,
Ming bir orzu ila havasda,
Farzand so’rab yig’laydi ayol.

Boshdan tushib shoyi ro’moli,
Yer mushtlaydi tang bo’lib holi,
Ovutolmay ovora yori,
Farzand so’rab yig’laydi ayol.

Farzand deya boshi egik-xam,
Qor yog’dirdi sochlariga g’am,
Ey-voh, hatto tushlarida ham
Yurak-bag’ri ezilib nogoh,
Farzand so’rab yig’laydi ayol.

Ko’kka boqar ko’zi mo’ltirab,
Dunyo emas, bir tirnoq tilab,
Qo’g’irchoqning boshin silab,
Oqshomlari, tunlari bedor,
Farzand so’rab yig’laydi ayol.

Tutib jajji barmoqlaridan,
Tangri bergan sinovlaridan,
Nur yog’ilsin yanoqlaridan,
Farzand ko’rib, baxt topsin ayol.

Farzand ko’rib, baxt topsin ayol. (x2)
Allasini kuylasin ayol.



Бошка кушик матнлари:


Malika Egamberdiyeva - Shoyi atlas
Mahmud Namozov - Ohu-voh
Shahzoda - Jajji qizaloq
Sardor Mamadaliyev - Ro’mol
Feruza Normatova, Shohjahon Jo'raev - Yog‘ar qor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты