Ulug'bek Rahmatullaev - Yurak

Ey yurak, ko’p hovliqma,
Bas, ko’ngin taqdir farmoniga.
Aslo yurak qilma havas,
Qasd qilguvchi o’z joniga.

Ey yurak, yig’lama yetar,
Bu alamlar bir kun bitar.
Mayliga yor ketsa ketar,
Begona yorning yoniga.

Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o’yganlaring.
Bilmadi yor suyganlaring,
Bilmadi yor.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o’yganlaring.
Bilmadi yor, bilmadi yor.

Ko’zlarim yosh qildi xira,
Ko’zlarim ishq qildi xira.
Arzimas bevafo sira
Bo’lmoqqa dil armoniga.

Ey yurak, buncha o’ynama,
Bu jafokorni o’ylama.
Intilma endi, bo’ylama,
Bezalgan yor ayvoniga.

Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o’yganlaring.
Bilmadi yor suyganlaring,
Bilmadi yor.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o’yganlaring.
Bilmadi yor, bilmadi yor. (x3)
Ey yurak…



Бошка кушик матнлари:


Afruz guruhi - O’ynama
Ozodbek Nazarbekov - Ketaman der
Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Shoxrux - Hayr bevafo
Shahrizoda guruhi - Yondirib


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты