Muhriddin Xoliqov - Toparman

Sochlari dengizni toparman,
Olamda tengsizni toparman,
O’zimni yo’qotsam, yo’qotgum,
Bir kuni men seni toparman.

O’zimni yo’qotsam, yo’qotgum,
Bir kuni men seni toparman.

Maysani quchadi yomg’iri,
Zuhroni o’padi Tohiri, (x2)
Men senga yetarman oxiri,
Bir kuni men seni toparman. (x2)

Falakda yulduzlar topishgay,
Yurakda kunduzlar topishgay, (x2)
Sevishgan bu dillar topishgay,
Baribir seni toparman.

Tayindir bir kuni bormog’im,
Sochingni silaydi barmog’im, (x2)
Hilolni kuydirib har ohim,
Bir kuni men seni toparman. (x2)

Bir kuni men seni toparman,
Baribir seni toparman.



Бошка кушик матнлари:


Nilufar Usmonova, Yulduz Usmonova - Tamanno (2015)
Setanho guruhi - Ohim
Shohruz - Yomg’ir
Osiyo guruhi - Yomg’ir
Jahongir Otajonov - Gullar dedilar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты