O'ktam Hakimov - Ismigul

Ming ismlar ichra
Takrorlayman isming,
Go’yoki hammasi
Tushga o’xshab ketar.

Bu tushni o’ngimda
Ko’rganday men bo’ldim,
Yurgan izlaringni
Men topa olmadim, Ismigul.

Ishon, sensiz bir on ham
Yashay olmayman,
Beg’uborliging oldida
Bosh egaman.

Saratonga soya,
Tunga oy kerakdek
Sen menga keraksan,
Ismigul, Ismigul, Ismigul.

Bulbul ham men kabi
Tonggacha kuylaydi,
Netay endi jonim,
Men seni yo’qotdim, Ismigul.

Nechun ikkimizni
Ayt, taqdir tanladi?
Umrbod men quling
Bo’laman malikam.

Ishon, sensiz bir on ham
Yashay olmayman,
Beg’uborliging oldida
Bosh egaman.
Saratonga soya,
Tunga oy kerakdek
Sen menga keraksan,
Ismigul, Ismigul, Ismigul. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Husniddin Xoliqov - Malikam
Tohir Sodiqov - Mening malikam
Sardor Rahimxon - Malikam endi qara
Janob Rasul - Ming’ir-ming’ir
Asal Shodieva, Bojalar guruhi, Sardor Rahimxon - Malikam endi qara


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты