Muhriddin Xoliqov - Sumbula

Sumbulajon-sumbula,
Sen mening holim so’ra, (x2)
Holim zabun aylagan
O’shal sayroq bulbula. (x2)

Uning ko’zi qarodir,
Mening bag’rim yarodir, (x2)
Aytolmayman dardimni,
G’urur yo’ldan urodir.
Dardimni, dardimni,
Dardimni aytolmayman.

Muhabbat yomon ekan,
Sayrovi hijron ekan, (x2)
Yonib-yonib yetganing
Dunyoyi armon ekan. (x2)

Sumbulajon-sumbula,
Jafokashga yo’q chora, (x2)
Endi Sanobaringga
Tangridan to’zim so’ra. (x2)

Sumbulajon-sumbula,
Sen mening holim so’ra, (x2)
Holim zabun aylagan
O’shal sayroq bulbula. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi, Ruhshona - Aytolmayman
Indi - Aytolmayman
Sevara Nazarkhan - Muhabbat emas
Doston Ubaydullaev - Yana hijron
Ozodbek Nazarbekov - Oh kimga yomon


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты