Zulayho Boyxonova - Dilimdagilar

Dilimni og’ritdi dilimdagilar,
Tunu kun nomlari tilimdagilar,
Oftobim, shamolim, selimdagilar,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.

Zaharlar keltirdi, sharoblar tutdim,
G’iybatlar uydirdi, itoblar tutdim,
Qasamlar ichdilar, savoblar tutdum,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.

Dasturxon to’rimda sharbat totdilar,
O’girildim ortimdan g’iybat otdilar,
Ular buncha meni oson sotdilar,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.

Dushmanim ayyordir, paytlar poylaydi,
Do’stim esa nodon, suvni loylaydi,
Ikkisi bir bo’lib ko’zim boylaydi,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin.

Jonimga jazodir jonimdagilar,
Ko’zimning qarog’i qonimdagilar,
Ey voh, begonadir yonimdagilar,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.

Aslida do’st ham bir dushmanning turi,
Dushmanning eng zo’ri, dushmanning sheri,
Chunki qo’lidadir ko’nglimning siri,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.

Boshimga balodur, balodur ko’nglim,
Bir so’zning tig’idan yarodur ko’nglim,
Do’stu dushman aro adodur ko’nglim,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.

O’zingdan yo’q o’zga mahrami jonim,
O’zingsan Sultonim, O’zing Xoqonim,
O’tda kuydirmagin ikki jahonim,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.

Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.



Бошка кушик матнлари:


Mahmud Namozov - Ohu-voh
Yulduz Usmonova - Ko’rmadim
Bojalar guruhi - Chugurma
Iroda Iraliyeva - Osmonim
Ruhshona - Voh-voh to’ram


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты