Davron Ergashev - Yangi yil

Beg’ubor qor parchalari
O’ynab-o’ynab yog’ar shu dam,
Orzu-istagimiz kabi
Oq libosdadir bu olam.

Yuraklarda hayajon bor,
Shodlikka to’lar dillar ham,
Yoru-do’st, yaqinlar
Bir davrada bo’lamiz jam.

Yangi yil, yangi bayram,
O’ynang do’stlar yana birga,
Yangi omad va yangi baxt
Kulib boqsin hammamizga.
Yangi-yangi yilda.

Kuy-qo’shiqlar jaranglaydi
Bugun har bir xonadonda,
Saxiy el ko’ngli yashnaydi,
To’kinlik har dasturxonda.

Bolajonlar o’ynab-kular,
Yoshlar zavqlanar shu onda,
Onajonlar duo qilar,
Bor bo’laylik gul makonda.

Yangi yil, yangi bayram,
O’ynang do’stlar yana birga,
Yangi omad va yangi baxt
Kulib boqsin hammamizga.
Yangi-yangi yilda.

Shoshar yurtimizga…
Baxt keltiradi bizga…

Yangi yil, yangi bayram,
O’ynang do’stlar yana birga,
Yangi omad va yangi baxt
Kulib boqsin hammamizga. (x2)
Yangi-yangi yilda.



Бошка кушик матнлари:


Feruza Normatova, Shohjahon Jo'raev - Yog‘ar qor
Dj Piligrim - Ahil bo’laylik
Davron Ergashev, Shahnoz - Qaniydi
Davron Ergashev, Rayhon - Unday dema
Alisher Fayz, Davron Ergashev, Hilola Hamidova, Iroda Dilroz, Ozodbek Nazarbekov, Samir, Sardor Rahimxon, Sherbek Shodiyev, Umar Shamsiyev, Umida Mirhamidova - Yangi yil bu


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты