Rayhon - Yiroq

Toki yuragim urar
Ko’nglim senga intilar,
Birgina seni istar.
Toki tomirlarimda
Oqar so’nggi tomchi qon,
Sen bilanman doimo.

Xayolim senda desam,
Ishq qo’lini uzatsam,
Ketmagin mendan hecham
Yiroq, yiroq.

Bo’lgin doim yonimda,
Qadrimga yet borimda,
Ketmagin mendan hecham
Yiroq, yiroq.

Azoblarga giriftor
Etma meni sensiz, yor,
O’tar tunlarim bedor.
Bilgin, bu dunyoda bor
Seni kutgan intizor,
Qalbga bermagin ozor.

Xayolim senda desam,
Ishq qo’lini uzatsam,
Ketmagin mendan hecham
Yiroq, yiroq.
Bo’lgin doim yonimda,
Qadrimga yet borimda,
Ketmagin mendan hecham
Yiroq, yiroq. (x3)



Бошка кушик матнлари:


Sevinch Mo'minova, Vohidjon Isoqov - Sensiz
Isroil Saidumarov - Rayhon
Nilufar Usmonova - Qadrimga yet
Ozodbek Nazarbekov - Muhtojman
Daler - So’nggi iltimos


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты