Man nola qilay, shomu-sahar dod eshigingda,
Jonimni beray, sho’xi-parizod eshigingda. (x2)
Ul lolayu-rayhonu suman, toza qizil gul, (x2)
Ham sarv bukildi qaddi shamshod eshigingda.
Zulfing sani bu jonima yuz domi bo’ladur,
Jonim qushi sayd o’ldi chul sayyod eshigingda.
Man nola qilay, shomu-sahar dod eshigingda,
Jonimni beray, sho’xi-parizod eshigingda.
Olam borisi lazzati husningni topibdur,
Giryonu fig’on, nolayu faryod eshigingda. (x2)
Man nola qilay, shomu-sahar dod eshigingda,
Jonimni beray, sho’xi-parizod eshigingda.
Savdoyi muhabbatga tushibman sani izlab,
O’ldirdi g’ami ko’zlari jallod eshigingda. (x2)
Ashkim to’kibon hajru-g’amingda kecha-kunduz,
Vayrona-vatan manzili obod eshigingda.
Man nola qilay, shomu-sahar dod eshigingda,
Jonimni beray, sho’xi-parizod eshigingda.
Ul husnu jamolingni o’ti Mashrabga tushibdur,
Parvona sifat kuydi parizod eshigingda.
Man nola qilay, shomu-sahar dod eshigingda,
Jonimni beray, sho’xi-parizod eshigingda.
Parizod eshigingda, parizod eshigingda,
Eshigingda.
Бошка кушик матнлари: