Jasur G'oipov - Bu yomg’irmas

Ko’zlaringda yosh bilarman nega,
Buning bariga aybdordirman.
Esgan bu shamol sochlaring silar,
Ko’z yoshlaringni o’zi bilan olib.

Tinglay olmadim dardlaringni,
Qadrini bilmadim men sening sevgingni.

Bu yomg’irmas,
Yog’gan bu yomg’irmas,
Aybdor bunga men o’zim,
Ko’z yoshlaring sabab o’zim. (x2)

Ko’z yoshlaringni art, dilimni og’ritma,
Bilaman og’ir, lek meni tark etma.
Afsusdaman hozir qilgan qilmishimdan,
Oxirgi bir so’zim: “Sevsang, meni kechir”.

Tinglay olmadim dardlaringni,
Qadrini bilmadim men sening sevgingni.

Bu yomg’irmas,
Yog’gan bu yomg’irmas,
Aybdor bunga men o’zim,
Ko’z yoshlaring sabab o’zim. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Manzura - Afsusdaman
Jasur Umirov - Kechir
Bojalar guruhi - Yigirma yosh
Ummon - Sen kechir
Sarbon guruhi - Meni sevsang


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты