Bojalar guruhi - Dilorom

Eski shaharda yurardim ko’cha changitib,
Mahallamdan o’tgan qizlar boshin gangitib.
Xayolimni bir kun oldi go’zal bir pari,
Ko’zlari tim qora ekan, lablari g’unchali.

Jonginam ko’zmunchoq, oy yuzli qo’g’irchoq,
Malikam bo’l, bo’layin o’zim ofatli toychoq.
Oh go’zal qizaloq, ko’zi qora munchoq,
Yolg’iz qolgan chog’imda o’zing manga ovunchoq.

O shirin zabonim, san mohitabonim,
Doim bo’lsang yonimda, baxtli bo’lar har onim.
Seni sevaman, jonim, jonim Diloromim.

Ma’lum emas balki senga majnunlarning holi,
Qabul qilgin oshig’ingning sevgi izhorin.
Man o’zimman ruhsoring oshufta giriftori,
Seni juda sevadirman, yuragimning zori.

Jonginam ko’zmunchoq, oy yuzli qo’g’irchoq,
Malikam bo’l, bo’layin o’zim ofatli toychoq.
Oh go’zal qizaloq, ko’zi qora munchoq,
Yolg’iz qolgan chog’imda o’zing manga ovunchoq.

O shirin zabonim, san mohitabonim,
Doim bo’lsang yonimda, baxtli bo’lar har onim.
Seni sevaman, jonim, jonim Diloromim.

Qarashlariga borman go’zal o’sha sanamning,
Qoshlariga shaydo bo’ldim qoshlari qalamning.
Ko’nglini olish qiyin bo’ldi seniora madamning,
Endi tezroq uyga borib, ko’ndiray dadamni.

Uyiga boraylik katta tog’orani olib,
Karnay-surnay, nog’orayu doirani olib.
Bizlar yuraylik etagimiz bolaga to’lib,
Qachongacha yuramiz bo’ydoq bola bo’lib?

Qaytgim kelar bir zum o’sha damga har kun,
Sevgilim, chiroyingni sog’indim yomon bugun.
Porlaydi kamalak, uchadi kapalak,
Maning yorim chiroyli, qora sochli jingalak.

Yomg’ir yog’ar chak-chak, bo’l manga kelinchak,
Bir yildan keyin olamiz beshik va belanchak.
Seni sevaman, jonim, jonim Diloromim.



Бошка кушик матнлари:


Sherzod Bek - Janon pari
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Bojalar guruhi - Oypari
Sardor Rahimxon - Nazar-nazar
Tohir Sodiqov - Eski shahar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты