Nasiba Abdullaeva - Baxt o’zi nimadir

Baxt o’zi nimadir men bilolmadim,
Sevgi nima ekan tushunolmadim.
Ammo armonlarning azoblaridan
Qancha tirishsam ham chetda qolmadim.

Bu dunyo sig’magan ikki ko’zimga,
To’lib qoldi ikki tomchi achchiq yosh.
Peshona deganga yozilgan ekan,
Rohat emas faqat chidam va bardosh. (x2)

Lekin men aylanmay dali-gadoga,
Boshim baland qilib qo’shiq aytaman.
Gar o’lsam yolvorib egam Xudoga,
Bu dunyoga qaytaman. (x2)

Shunda mening boshim yetib osmonga,
Dilni anduhlardan ozod qilurman.
Aldanib qolmasdan yomonlarga,
Qanday yashashni o’zim bilurman.

Baxt o’zi nimadir men bilolmadim…



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi, Shukrullo Isroilov - Nasiba-Halima
Bojalar guruhi - Nasiba
Munisa Rizayeva, Rayhon - Bor yoki yo’q
Bojalar guruhi - Yigirma yosh
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты