G'ayrat Usmonov - Dunyo

Dunyo-dunyo, quvonchlaring cheklanmagan,
Dunyo-dunyo, armonlaring hech bitmagan. (x2)
Insonlarning g’iybatlari tugamagan,
G’am-tashvishdan ko’zlarida yosh arimagan. (x2)

Har onalar o’g’illarin taxtda ko’rsinlar,
Qizlarini alvon-alvon baxtda ko’rsinlar. (x2)
Qo’llar ochib o’qilgankim har bir duolar
Rizq berguvchi Rahmon zotga – Haqqa yetsinlar.

Insonlar bor – ibodatdan Haqni topganlar,
Insonlar bor – xarom ishdan gunoh topganlar. (x2)
Oniy insoniylik, oniy nafis tuyg’ular,
Bilgil, insonni jannatul firdavsga yo’llar. (x2)

Har onalar o’g’illarin taxtda ko’rsinlar,
Qizlarini alvon-alvon baxtda ko’rsinlar. (x2)
Qo’llar ochib o’qilgankim har bir duolar
Rizq berguvchi Rahmon zotga – Haqqa yetsinlar.



Бошка кушик матнлари:


Manzura - Onalar
Bojalar guruhi - Yigirma yosh
Sherali Jo'rayev - Oshiqlar sardori
Alisher Fayz, Bahrom Nazarov, Ozodbek Nazarbekov - Mahalla qizlarini
Yodgor Mirzajonov - Onalar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты