Jo'rabek - Shirin yolg’on

To’kiladi tun sening ko’zlaringda,
Dardim aytolmay men yig’larman, jonim.
Sevilmoq go’zal, lek sevmoq azobdir,
Bu azoblardan do’zaxdir afzal.

Tunni tundek kechmasman shirin tuzog’ingda,
Cho’kmoqdaman ojiz tuyg’ularda.
Qo’lingga tutmay hanjar, parchalaysan meni,
Ozorimsan, armonlarimsan.

Va’dalaring yolg’on, meni menchalik sevmassan,
Bir kuni kelib meni zor yig’latib ketarsan.
Lekin ne uchun jonim, seni chindan sevarman,
Ayt ne uchun, ayt ne uchun?

Yolg’iz o’zimning sevgilim dunyoda,
Deyolmay seni, darbalanadi.
Aldamoq gunoh, ishonmoq savobmi?
Hech bilolmadim, menga bu og’ir.

Dunyodan kechdim, lekin ketolmadim sendan,
Ucholmasman qanotlarimsan,
Yurakni senga berdim, yashayman yuraksiz,
Yig’lamadim, lek faryodlarimsan.

Va’dalaring yolg’on, meni menchalik sevmassan,
Bir kuni kelib meni zor yig’latib ketarsan.
Lekin ne uchun jonim, seni chindan sevarman,
Ayt ne uchun, ayt ne uchun? (x3)

To’kiladi tun…



Бошка кушик матнлари:


Safiya Saftarova - Sevgilim
Gulsanam Mamazoitova - Sevilmoq qoldi
Iroda Iraliyeva - Osmonim
Ozodbek Nazarbekov - Yig’larman
Munisa Rizayeva, Shod guruhi - Yorim bo’l


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты