Doston Ubaydullaev - Ota bo’ldim

Yillar yelar, sinab dildagi dardim,
Sinab sinib siylangan homush qalbim. (x2)
Umid soyasida yig’lab orzular,
O’tayotgan umrim orzusi, baxtim. (x2)

Taqdir yig’latganda ham umidga to’ldim,
Kutib-kutib besh yil o’tib ota bo’ldim. (x2)

Iz qoldirar hatto qadam izida,
Boqsang aksin topar odam ko’zgudan,
Tilab-tilab dil to’xtamas orzudan,
Ortiq baxt yo’q farzand kulgusidan.

Tilab-tilab dil to’xtamas orzudan,
Ortiq baxt yo’q farzandning kulgusidan.

Taqdir yig’latganda ham umidga to’ldim,
Kutib-kutib besh yil o’tib ota bo’ldim. (x2)

Eshitib xabarini baxtdan quvondim,
Quvondim garchi bir tomondan yondim,
Shafqatsiz taqdir achchiq xazil qildi,
Masofalar kutgan baxtimdan ayirdi.

Taqdir yig’latganda ham umidga to’ldim,
Kutib-kutib besh yil o’tib ota bo’ldim. (x2)

Umidim uchquni so’nmadi bir zum,
Umrim o’tayotgandi farzand tilab,
Umrim umidsizlikka ko’nmadi bir zum,
Siyladi bir emas ikki farzand, yo Rab.
Yo Rab.



Бошка кушик матнлари:


Botir Qodirov - Yomon yondim
Doston Ubaydullaev, Kaniza - Va’da bergin
Ozoda Nursaidova - Zolim yillar
Sherali Jo'rayev - Davron to’xtamas
Adi - Ro’mol


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты