Oyxon Iforzoda, Sherzod Bek - Bu taqdir

[Oyxon Iforzoda]
Ko’zlaringdan uzoqlashsam ham,
Ko’nglingdan sening ketish mushkuldir.
Tuyg’ularim tongday muazzam,
Ishq qalbimdan ufurgan guldir.

[Sherzod Bek]
Xotiralar o’tmishdan elchi,
Sevmoq – hurlik taxtidir.
Bu dunyoni asrab turuvchi
Odamzodning ishqidir.
[Oyxon Iforzoda]
Bilgin jonim, bu taqdir.

[Sherzod Bek]
Ishonib yoshga bo’lmagin tushkun,
Suyangin bardoshga, qilgin tabassum.
[Oyxon Iforzoda]
Ishonarman gar, kechma orzudan,
Kechirma meni, lek kechmagin mendan.

[Sherzod Bek & Oyxon Iforzoda]
Xotiralar o’tmishdan elchi,
Sevmoq – hurlik taxtidir.
Bu dunyoni asrab turuvchi
Odamzodning ishqidir.
Bilgin jonim, bu taqdir.

[Sherzod Bek]
Ko’zlaringdan uzoqlashsam ham,
Ko’nglingdan sening ketish mushkuldir.
[Oyxon Iforzoda]
Tuyg’ularim tongday muazzam,
Ishq qalbimdan ufurgan guldir.

[Sherzod Bek]
Sevmoq – hurlik taxtidir.

[Sherzod Bek & Oyxon Iforzoda]
Bilgin jonim, bu taqdir.



Бошка кушик матнлари:


Alisher Zokirov - Xotiralar
Sherali Jo'rayev - Ey gul
Rayhon - U meniki
Rayhon - Tabassum qil
Ummon - So’nggi bor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты