Ozodbek Nazarbekov - Yaxshiydi

Boshimga ishq dardini solganlaring yaxshiydi,
Dildan hijron gardini olganlaring yaxshiydi. (x2)

Yoding qoldi jonimda, ketding shu ahvolimda, (x2)
Bir umrga yonimda qolganlaring yaxshiydi. (x2)

Boshimga ishq dardini solganlaring yaxshiydi,
Dildan hijron gardini olganlaring yaxshiydi.
Dildan hijron gardini olganlaring yaxshiydi.

Ketib mehringga zordan, gul olibsan bir yordan, (x2)
O’shal bizning ag’yordan tonganlaring yaxshiydi. (x2)

Boshimga ishq dardini solganlaring yaxshiydi,
Dildan hijron gardini olganlaring yaxshiydi.
Dildan hijron gardini olganlaring yaxshiydi.

Chiqarib ko’z ostingdan, sevmasliging olding tan, (x2)
Shunday achchiq rostingdan yolg’onlaring yaxshiydi. (x2)

Yoding qoldi jonimda, ketding shu ahvolimda, (x2)
Bir umrga yonimda qolganlaring yaxshiydi. (x2)

Boshimga ishq dardini solganlaring yaxshiydi,
Dildan hijron gardini olganlaring yaxshiyshiydi.

Dildan hijron gardini olganlaring yaxshiyshiydi,
Boshimga ishq dardini solganlaring yaxshiydi.



Бошка кушик матнлари:


Ozodbek Nazarbekov - Sevdim o’shal gulni
Ozodbek Nazarbekov, Shirin Mamatova - Une vie d’amour
Zohid - Yolg’onlaring
Nasiba Abdullaeva - Ado bo’ldim
G'ulomjon Yoqubov - Jonimda darmon qolmadi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты