Shahzoda - Qaynona

Qani vaqti keldi, do’stlar o’ynang endi,
Kelin farishtadek nur sochib keldi.
Qani birdam bo’lib, hamma to’yga endi,
Kelin farishtadek nur sochib keldi.

Mahallada duv-duv gap – kelibdi sovchilar,
Ko’chamizdagi go’zalni so’rab kelibdilar.
Sarpalar yig’ildi, sindirildi non,
Endi fayzli uyga kelin yarashar.

Qani vaqti keldi, do’stlar o’ynang endi,
Kelin farishtadek nur sochib keldi.
Qani birdam bo’lib, hamma to’yga endi,
Kelin farishtadek…

Qaynona-ona, ona, bu qiz bizda bir dona,
Berib bor mehrini u bo’ladi parvona.
Oh qaynona, ona, bu kelin yagona,
Hech ayamay o’zini u bo’ladi parvona.

Duv-duv gap tarqaldi, bo’ldi hammaga ma’lum,
Kuyov onasining ko’zlari maftun.
Kelin olib keldi fayzu-baraka,
Mahallamizda gaplar shunaqa.

Qani vaqti keldi, do’stlar o’ynang endi,
Kelin farishtadek nur sochib keldi.
Qani birdam bo’lib, hamma to’yga endi,
Kelin farishtadek…

Qaynona-ona, ona, bu qiz bizda bir dona,
Berib bor mehrini u bo’ladi parvona.
Oh qaynona, ona, bu kelin yagona,
Hech ayamay o’zini u bo’ladi parvona. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Yalla ansambli - Kelibdi
Rayhon - Duv-duv gap
Nilufar Usmonova - Dona-dona
Adi - Ro’mol
Shohruhxon - Ayamay


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты