Shohruhxon - Nigorim

Qo’shiqlarim havolandi yor uchun,
Tongda turib, gul terdim dildor uchun.
Baxt istadim, unda ko’nglim bor uchun,
O nigorim, bir boqmading, nigorim.
Uzildiku diltorim, mening diltorim.

Sen uchun jonimni beraman,
Sen uchun, faqat sen uchun.
Nigorim, bir boqmading, nigorim.
Uzildiku diltorim, mening diltorim.

Orzu qildim, oy chehrasi mohimni,
U payqamas yo istamas ohimni.
Unutolmam ishq ko’kida shohimni,
O nigorim, bir boqmading, nigorim.
Uzildiku diltorim, mening diltorim.

Sen uchun jonimni beraman,
Sen uchun, faqat sen uchun.
Nigorim, bir boqmading, nigorim.
Uzildiku diltorim, mening diltorim.



Бошка кушик матнлари:


Bahrom Nazarov - Xato qildim
Leyla - Yor-yor
Shohruhxon - Kofe
Davr guruhi - Yor-yor
Sherzod Bek - Yor-yor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты