Lola Ahmedova - Jonim

Oh, oh uradi
Qalbimdagi sog’inchlarim,
Hech tinch qo’ymaydi, yana izlayveradi,
Seni nigohlarim.
Yo’q, ketma yiroq, ketma uzoq,
Ortar firoq.

Sen yuragimning
Har bir urgan zarbisan, jonim.
Sen rostu yolg’on,
Orzuim, armonimsan yolg’izim, yorim.

Kechalar yolg’izlik bag’rida o’zim,
Tinglarman mavj urgan, aytib dardlarin.
Nogahon tushganda osmonga ko’zim,
Tinglaydi jimgina bor hasratlarim.
Yo’q, ketma yiroq, ketma uzoq,
Ortar firoq.

Sen yuragimning
Har bir urgan zarbisan, jonim.
Sen rostu yolg’on,
Orzuim, armonimsan yolg’izim, yorim. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Subxan - Lola
Shohsanam - Kechalar
Sahar - Lola
Shoxrux - Erkatoyim (2019)
Shohzamon - Lola


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты