Ulug'bek Rahmatullaev - Do’st

Do’stimni esladim,
Diydorin qo’msadim,
Yaxshi-yomon kunda
Birga edik, do’st.

Orzu yo’limizda
Toshlardan yurardik,
Omading kelganda
Osmon bo’lding, ey do’st.
Do’st.

Hayot o’zi shunday –
Do’sting ko’p, zo’r bo’lsa,
Ostonangda go’yo
Begonaman, do’st.

Obro’ deb chin do’stni
Ko’nglini og’ritsang,
Qolar atrofingda
Yolg’on dunyo, ey do’st.
Do’st.

Qayda bo’lsang har on
Mayli bo’lgin omon,
Sen uchun men yomon,
Aybim nima, do’st?

Kelgan omadimmi?
Rostin aytganimmi?
Nima tinch qo’ymaydi
G’ururingni, ey do’st?
Do’st.



Бошка кушик матнлари:


Alisher Zokirov, Jasurbek Mavlonov - Chin do’st
Sardor Mamadaliyev - Omon yora
Otash Hijron - Aldamadim
Jamshid To'ychiyev - Ostonangda
Hilola Hamidova - Boylandim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты