Shahzoda - Yoqasan

Ko’zlaring, so’zlaring yoqar menga,
Yoqar menga.
Tunu kun xayolim faqat senda,
Yolg’iz senda.

Ko’zlaring, so’zlaring kerak menga,
Yuragimga.
Har doim bo’lsaydim yoningda.
(Sen bilan har doim)

Yoqasan oy bo’lib menga,
Termulib tunlar ko’zimga,
Yoqasan nur solib yana qalbimga.
Aylading yuragim bemor,
Tunu kun xayolingga zor,
Sog’intirma berib ozor, sevgilim.

Ko’zlaring hayotim sehrlar,
Asir aylar.
So’zlaring qalbimga olov solar,
Olov solar.

Betakror bu damlar,
Sen ila baxtga to’lar.
Yuragim sevgingsiz qiynalar.

Yoqasan oy bo’lib menga,
Termulib tunlar ko’zimga,
Yoqasan nur solib yana qalbimga.
Aylading yuragim bemor,
Tunu kun xayolingga zor,
Sog’intirma berib ozor, sevgilim.

Tovlanib, tovlanib,
Sening muhabbating mening ko’zlarimda,
Aylanib, aylanib,
To’lqin solar yana mening yuragimga.
(Mening yuragimga)

Yoqasan oy bo’lib menga,
Termulib tunlar ko’zimga,
Yoqasan nur solib yana qalbimga.
Aylading yuragim bemor,
Tunu kun xayolingga zor,
Sog’intirma berib ozor, sevgilim.



Бошка кушик матнлари:


Ulug'bek Rahmatullaev - Devona aylading
Faxriddin Umarov - Xayol
Ozodbek Nazarbekov - Asir-asir
Jamshid Davlatov - Senda
Sardor Rahimxon - Eyforiya


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты