Sarvar Rahmatxo'jaev - Ikki qirg’oq

Bugun hamma yig’ilgandi,
Bugun sening kuning,
Sen bilan so’zlasha olar
Faqat eng yaqinlaring.

Borman deya o’ylar edim
Men yuragingda,
Afsus, lekin ilinmadim
Hatto bir nigohingga.

Ikki qirg’oq, biri sensan, biri men,
Orasi uzoq ekan ko’nglimizning, sevgilim.
Suvsiz gullar so’lganidek hayotda,
Sensiz yo’qman men ham yorug’ dunyoda.

Sen olamda yagonasan,
Sevil, bo’l baxtiyor,
Senga armon bo’lsin doim
Yol’gizlik, sog’inch, ozor.

Termulaman ko’zlaringga,
Ne qilay to’yolmasam?
Nahot endi bu ko’zlarda
O’zimni ko’rolmasam?

Ikki qirg’oq, biri sensan, biri men,
Orasi uzoq ekan ko’nglimizning, sevgilim.
Suvsiz gullar so’lganidek hayotda,
Sensiz yo’qman men ham yorug’ dunyoda. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Firdavs - Vatan yagonasan
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin
Bojalar guruhi - To’ylar muborak
Ozodbek Nazarbekov - Binafsha
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты