Rayhon - Ota-ona duosi

Hech qachon tik boqmagin
Ota-onang ko’ziga,
Itoat qil ularning
Har bir so’ziga.

Ulardan oldin yurma,
Farzandlik o’rningda qol.
Safarga chiqsang avval
Duolarin ol.

Ota-ona duosi –
Yaxshiliklar dunyosi,
Biz farzandlarga bo’lsin
Hayot ma’nosi. (x2)

Hikmat bordir otaning
Aytgan barcha so’zida,
Jannat ham onalarning
Bosgan izida.

Yomg’ir bilan gul yashnar,
Duo bilan el yashnar.
Dunyoda ota-ona
Bolam deb yashar.

Ota-ona duosi –
Yaxshiliklar dunyosi,
Biz farzandlarga bo’lsin
Hayot ma’nosi. (x4)



Бошка кушик матнлари:


Ummon - Yo`qol
G'ayrat Usmonov - Kulsang
Isroil Saidumarov - Rayhon
Bojalar guruhi, Rayhon - Omoney
Ilhom Farmonov - Onajoning rozi qil


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты