Shoxrux - Bir bora

U desam yoqmayman, bu desam yoqmayman,
San uchun qanaqa bo’lishim kerak o’zi?

Bir bora holatimga g’am nazarlaring sol,
Bir bora meni jiddiyan qabul ol,
Boshingni egma, so’zlarimni tingla,
Na na na na na.
Bir bora isbotlaringga keltir misol,
Bir bora birgaman, degin-ki darhol,
Mavzuni burma, so’zlarimni angla,
Na na na na na.

Ko’zimga ko’ringani bugun faqat o’zing,
Yoqadi nega noz qilganingdagi ovozing?
Aqlimdan ozdiradi har zamonda qarashing,
Tilma dilimni, qilma xiyla taba-tabassum.
Shart emas boshimdan tosh sindirish,
Es-hushimdan judo qilib, hayratda tondirish,
Og’ir ishdir so’zlab berib isbot qilish,
Ko’nglim sendaligini bilging kelsa holimga boq.

Bir bora holatimga g’am nazarlaring sol,
Bir bora meni jiddiyan qabul ol,
Boshingni egma, so’zlarimni tingla,
Na na na na na.
Bir bora isbotlaringga keltir misol,
Bir bora birgaman, degin-ki darhol,
Mavzuni burma, so’zlarimni angla,
Na na na na na.

Fursatdan foydalanib, mayli bilganingni qil,
Hulosa natijada o’z-o’zingga qilganingni bil,
Yuragimga ba’zida sig’maydi qil,
Erkalanma, berilma avjingga.
Bir nafas bilan yashama, shamolga egilma,
Aybim bo’lsa agar o’ylanmay darrov koyima,
O’zgaraman desang gap emas,
Bundan buyon fe’limni yomon deb bilma.

Bir bora holatimga g’am nazarlaring sol,
Bir bora meni jiddiyan qabul ol,
Boshingni egma, so’zlarimni tingla,
Na na na na na.
Bir bora isbotlaringga keltir misol,
Bir bora birgaman, degin-ki darhol,
Mavzuni burma, so’zlarimni angla,
Na na na na na.

O’jarliging belgilangan chiziqlardan ham o’tar,
Odatda har safar munosabat o’t bo’lib yonar,
Ko’nglingni topaman deb har kunim o’tar,
Na unga, na bunga ko’naring bor.
Afsus, tuyg’ularim yo’q qilib bo’lmas,
Shuning uchun kechiraman, kela olmay bas,
Bilsang edi sevganimdan yetmaydi nafas,
Xonadon bo’ldi yuragimga temir qafas.

Bir bora holatimga g’am nazarlaring sol,
Bir bora meni jiddiyan qabul ol,
Boshingni egma, so’zlarimni tingla,
Na na na na na.
Bir bora isbotlaringga keltir misol,
Bir bora birgaman, degin-ki darhol,
Mavzuni burma, so’zlarimni angla,
Na na na na na.

Na na na na na,
Na na na na na.



Бошка кушик матнлари:


Ummon - Uyda jim o’tir
Manzura - Bo’ldi
Sevara - Eski shaharlik
Zamir - San-san
Shohruhxon - Qoshi qaro


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты