Bojalar guruhi - Achchiq hayot

To’ylar muborak, baxtli bo’lgin albat,
Sevgan yoringga munosib bo’l faqat.
Menga esa sabru toqat tila,
Axir mening yuragim qonga to’la.

Achiq hayot, dil esa benajot,
Bevafolarning dastidan voy-dod.
Ketar bo’ldim, man uchar bo’ldim,
Osmonlarga man ketar bo’ldim.

Bir qaraganda armonsizdaymiz,
Ammo yurak dodiga biz chidaymiz.
Yarangizni yangilash yo’q niyat,
Buning barchasi oddiy haqiqat.

Kimdnidir yonida yor-dilbandi bor,
Ammo ular zarra mablag’ga zor.
Kimnidir davlati, qudrati zo’r,
Unga topilmas bir merosxo’r.

Achchiq hayot, dil benajot,
Achchiq, ayanchli hayot, inson umidi barbod.
Achchiq hayot, dil benajot,
Achchiq, ayanchli hayot, yashash qonuni shudir nahot?
Shudir nahot?

Mana bir misol: baxtim topdi zavol,
Sevib so’ng kuyib bo’ldimku behol.
Muhabbatning qudratin anglamasdan,
Boylikka uchding-ketding o’ylamasdan.

O’zganing davlati senga changal,
Nahotki insondan oltin afzal?
Odamlar borin pulga qaratgan,
Pul insonni emas, inson pulni yaratgan!

Achchiq hayot, dil benajot,
Achchiq, ayanchli hayot, inson umidi barbod.
Achchiq hayot, dil benajot,
Achchiq, ayanchli hayot, yashash qonuni shudir nahot?
Shudir nahot?

Nolimayman, nolish gunoh erur,
Avvalo zamin uzra man borimga shukur.
Balki bu sinov, unda yo’q ayov,
Inson umidi yonadi go’yoki olov.

Halol nima, harom nima ajratolmasdan,
Yolg’ondan uyalmasdan, insofin ayamasdan,
Dunyoda odam yashar bir-biridan talashar,
Gunohim nima deb yana uyalmasdan so’rashar.

Achchiq hayot, dil benajot,
Achchiq, ayanchli hayot, inson umidi barbod.
Achchiq hayot, dil benajot,
Achchiq, ayanchli hayot, yashash qonuni shudir nahot?

Armon-armon ketidan esa darmon,
Kelavermas sira-a, nega unaqa?
Oradan bir necha oy vaqt o’tarda ketar,
Bag’rimni yaralab telefon jiringlar:

Asalim, sog’indim, ko’rishaylik deyabsan,
Ahmoq, qaysi dard bilan bezovtalanasan?
Endi seni ering bor, san bo’lajak ona,
Hech bo’lmasa vujudingdagi bolangni o’yla!

(Achiq-achchiq, achchiq-ayanchli hayot,
Shudir nahot?
Achiq-achchiq, achchiq-dardli hayot-a…)



Бошка кушик матнлари:


Mansurxon Nurmatov - Voy-voy
Bojalar guruhi - To’ylar muborak
Bojalar guruhi, Rayhon - Yalle-yalle
Alisher Fayz - Voy-voy
Farrux Raimov - O’g’iloy


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты