Madina Mumtoz - Otam

Mening yaxshi kunim ko’rmagan otam,
Borimga quvonib yurmagan otam, (x2)
Baxtim kulib, muhabbatim topganda
“Bolam” deb duolar qilmagan otam.

Baxtim kulib, o’z juftim topganda
“Bolam” deb duolar qilmagan otam.
Mening yaxshi kunim ko’rmagan otam,
Borimga quvonib yurmagan otam.

O’ksigan dilimni to’ldirdi onam,
Ko’zida yosh bilan kuldirdi onam,
Taqdirda boriga ko’ndirdi onam,
Chaqirsam yonimga kelmagan otam.

Bugun quchog’imda o’ynaydi bolam,
Bag’rimni to’ldirib quvnaydi bolam,
Ota, huddi sizga o’xshaydi bolam,
Erka nabirasin ko’rmagan otam.

Ota, huddi sizga o’xshaydi bolam,
Erka nabirasin ko’rmagan otam.
Mening yaxshi kunim ko’rmagan otam,
Borimga quvonib yurmagan otam.

Tushlarimga kirar sog’ingan mahal,
Yulduzlar samodan keltirar xabar,
Yodimdan qo’ymasman qiyomat qadar,
Bu yorug’ olamga to’ymagan otam.

Mening yaxshi kunim ko’rmagan otam,
Borimga quvonib yurmagan otam.
Mening yaxshi kunim ko’rmagan otam.



Бошка кушик матнлари:


Madina Mumtoz, Samandar Hamroqulov - Eshvoy
G'ulomjon Yoqubov - Umr o`tar, vaqt o`tar
Ulug'bek Rahmatullaev - Ota
Bojalar guruhi - Yigirma yosh
Rayhon - Samodan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты