Botir Qodirov - Yiqildim yomon

Haydaldim gul yorning ostonasidan,
Ta’nalar otildi koshonasidan. (x2)
Izlang devonalar vayronasidan,
Yetdim deganimda yiqildim yomon,
Yetdim deganimda yiqildim yomon.

Ayt menga, makkora, ayt bag’ritosh yor,
Bilmasmiding menda faqat shu ishq bor? (x2)
Suysa bo’lmasmidi dushmani xunxo’r,
Yetdim deganimda yiqildim yomon.

To’lin oy, shu kecha sen yonimda qol,
Sevib gunohkorman, kuyib gunohkor.
Ko’ngil uchun “ketma” demadi dildor,
Dard ado qildiku, ezildim yomon,
Yetdim deganimda yiqildim yomon.

Yetdim deganimda yiqildim yomon. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Ummon - Yo`qol
Yulduz Abdullayeva - Ketma vafodorim
Ozoda Nursaidova - Ketma
Sultonposhsha O’dayeva - Ko’rmasam bo’lmasmidi
Ozodbek Nazarbekov - Seni sevib qolibman go’zal


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты