Ozodbek Nazarbekov - Yorim, jonim

(Yorim…)
Endi men ko’nglimni uzolmayman,
Ahd qildim, ahdimni buzolmayman.
Hijronli kunlarni cho’zolmayman,
Ko’nglimning so’ziga kiraveraman,
Yana seni yaxshi ko’raveraman,
Yorim, jonim, yorim.

Qaxr bilan dedim o’zimdan o’zim,
Yoningga qaytmayman – shu so’nggi so’zim!
Hech kimga bermayin, ey shahlo ko’zim,
Sog’inchli qo’shig’im aytaveraman,
Ketsam ham yoningga qaytaveraman,
Yorim, jonim, yorim.

So’zingni tinglasam – ranjibsan biroz,
Ko’nglingni bilmayin qiynaganim rost.
Yoningda bo’layin, qilma e’tiroz,
Yorim, jonim.
Olmasang yana gul tutaveraman,
Mehrni o’zingdan kutaveraman.
Yorim, jonim, yorim.



Бошка кушик матнлари:


Oybek va Nigora - Xavotirdaman
Ozodbek Nazarbekov - Sevib qoldim
Hosila Rahimova - Cho’pon ota
Jasurbek Mavlonov - Sevaverasan
Bahrom Nazarov - Xato qildim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты