G'ayrat Usmonov - Zulxumor

Kel yonima Zulxumor,
Yarash-yarash qilaylik,
Arazni qo’y, kel xumor,
Qarash-qarash qilaylik. (x2)

Yo’lingga gul poyondoz,
Bulbul kuyi intizor,
Kel, dilga kim tez olov
Qalash-qalash qilaylik. (x2)

Yarash-yarash qilaylik,
Qarash-qarash qilaylik, (x2)
Zulxumor, kel yonima.

Vaslingda quvnab sabo,
To’zg’itsa kokillaring,
Sochlaringni kim yaxshi
Tarash-tarash qilaylik.

Quvnashib o’ynashaylik,
Xayron qolsin chamanlar,
Bir olmani ikkimiz
Talash-talash qilaylik.

Mug’anniyni unutma,
Navolarim mast qilsin,
Men senga, sen menga baxt
Tilash-tilash qilaylik. (x2)

Yarash-yarash qilaylik,
Qarash-qarash qilaylik, (x2)
Zulxumor, kel yonima.

Yarash-yarash qilaylik,
Qarash-qarash qilaylik, (x2)
Zulxumor, kel yonima.



Бошка кушик матнлари:


Shohsanam - Devona qilsin
Madina Mumtoz - Ey yor
Abdurashid Yo'ldoshev - Yonar ko’zlaring
Eldido guruhi - O’zligingni unutma
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты