Kumush Razzoqova - Men seni

Derazadan boqar sohibjamol oy,
Nigohlari to’la karashma, chiroy.
Kechirgin, bo’libman oyga mahliyo,
Ishon endi unga qilmayman unga parvo.

Oyning sochlarini o’rmayman,
Mayli oyning sochlarini o’rmayman,
Men seni oylarga, men seni oylarga,
Men seni oylarga bermayman.

Suluv kelinchakdek bezanmish bahor,
Dalalar ham gulzor, bog’lar ham gulzor.
Gullarga boqqandim kulib, ochilib, yor-ey,
Yoshlaring ketdilar nurday sochilib.

Bahor gullarini termayman,
Mayli bahor gullarini termayman,
Men seni gullarga, men seni gullarga,
Men seni gullarga bermayman.
Men seni gullarga, men seni gullarga,
Men seni gullarga bermayman.

Qancha shirin damdan kechmog’im mumkin,
Faqat sen o’ynagin, quvnagin, kulgin.
Sen mening taqdirim, oxir-azalim, jon-ey,
Sen mening bahorim, oyim, g’azalim.

Qalbimsan, men qalbsiz yurmayman,
Qalbimsan, men qalbsiz zinhor yurmayman.
Qalbimni hech kimga, qalbimni hech kimga,
Qalbimni hech kimga bermayman.
Qalbimni hech kimga, qalbimni hech kimga,
Qalbimni hech kimga bermayman.

Men seni oylarga,
Men seni gullarga,
Men seni hech kimga bermayman!



Бошка кушик матнлари:


Nuriddin Haydarov - Kechirgin
Jasur Umirov - Kumush
Iroda Dilroz, Kumush Razzoqova - Salom muhabbat
Yulduz Usmonova - Bahorim bahor
Saodat Qobulova - Dugonalar bormisiz


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты