Ulug'bek Ismailov - Sog’inganmisan

Bir-biri uchun yaralgan yurak,
Nima sabab olis yashashi kerak?
Bo’la olmaymiz biz birga,
Azobga uchradik ayt nega?

Deraza ortidan ma’yus termulaman,
Yolg’izman, ojizman sensiz yarimman.
Yoningga borgim kelar har on,
Endi jonim sen uchun kimman?

Orzudan ayrilgan armonday,
Yulduzi so’ngan osmonday,
Tunga yetmagan kunday,
Sog’inganmisan sog’inganimday?

Titragan lablar ismingni aytar,
Hattoki olov ham jonim muzlatar,
Dilda dardlarim to’lib yotar,
Sensiz har soniya sekin o’tar.

Qaniydi havoga aylanib qolsam,
Umrbod keraging, nafasing bo’lsam,
Mayin shamolday yuzing silasam,
Xarorating bag’rimda sezay.

Orzudan ayrilgan armonday,
Yulduzi so’ngan osmonday,
Tunga yetmagan kunday,
Sog’inganmisan sog’inganimday?

Seni unuta olaman
Aqlim yo’qotsam jonginam,
Balki voz kecha olaman
Yuragimdan o’chsang.

Orzudan ayrilgan armonday,
Yulduzi so’ngan osmonday,
Tunga yetmagan kunday,
Sog’inganmisan sog’inganimday?

Yomg’ir yog’magan sahroday,
Sohil topmagan daryoday,
Go’yo bo’m-bo’sh dunyoday,
Sog’inganmisan menday?



Бошка кушик матнлари:


Ozodbek Nazarbekov - Binafsha
Nilufar Usmonova - Men kimman ayt
Farruh Komilov - Qaniydi
Jasurbek Mavlonov - Mayin-mayin
Davron Ergashev, Shahnoz - Qaniydi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты