Bir paytlari hovlimiz katta edi, keng edi,
Ko’ngil kabi kengligi dunyolarga teng edi.
Endi bola sho’xligin sabab qilib jo’rttaga
Qarichlab yer talashdik, devor tushdi o’rtaga.
Endi bola sho’xligin sabab qilib jo’rttaga
Qarichlab yer talashdik, devor tushdi o’rtaga.
Tillo devor, zar devor, g’ishtin devor, loy devor,
Sen sababli mehrning ahvoli tang, voy devor.
Hech bo’lmasa bag’ringdan bitta eshik och, devor,
Men akamni sog’indim, yo’llarimdan qoch devor,
Yo’llarimdan qoch devor.
Xuddi opa-singilday, dugonalar singari
Kelinlarning gaplari tugamasdi ilgari.
Endi ikki tomondan quloq solib jo’rttaga
Nimanidir kutarlar, devor tushgan o’rtaga.
Endi ikki tomondan quloq solib jo’rttaga
Nimanidir kutarlar, devor tushgan o’rtaga.
Tillo devor, zar devor, g’ishtin devor, loy devor,
Sen sababli mehrning ahvoli tang, voy devor.
Hech bo’lmasa bag’ringdan bitta eshik och, devor,
Men ukamni sog’indim, yo’llarimdan qoch devor,
Yo’llarimdan qoch devor.
Agar bobom bo’lganida tushardilar o’rtaga,
Bobomning ham yo’qligidan foydalanding jo’rttaga.
Bo’linganni bo’ri yer deb bekorga aytishmas,
Hovli mayli, mehrni ham bo’lding qo’yding to’rttaga.
Sen meni ko’zlarimga devor emas oyna bo’lib ko’rinishni boshlading.
Kimlarni kimga aylanib borayotganini ko’rsatadigan oynaga.
Bu hislating bizlarga saboqdir, lekin men akamni sog’indim,
Yo’llarimdan qoch devor!
Tillo devor, zar devor, g’ishtin devor, loy devor,
Sen sababli mehrning ahvoli tang, voy devor.
Kech bo’lmasdan bag’ringdan bitta eshik och, devor,
Boshim urib buzmasimdan yo’llarimdan qoch devor.
Men akamni sog’indim, yo’llarimdan qoch devor,
Boshim urib buzmasimdan yo’llarimdan qoch devor.
Bir paytlari hovlimiz katta edi, keng edi…
Бошка кушик матнлари: