O'lmas Olloberganov - Kutaman

Har bahor yo’lingda intizor
Kutaman, ahdiga vafodor.
Yurakda asragan gapim bor,
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg’iz o’taman.
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg’iz o’taman.

Rayhonni tebratsa shamollar
Gullarga beraman savollar,
Kechiring, ey sohibjamollar,
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg’iz o’taman.
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg’iz o’taman.

Qirlarga qo’nganda subhidam
Ko’zlarim yo’lingda dambadam,
Yozda ham, kuzda ham, qishda ham
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg’iz o’taman.
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg’iz o’taman.

Kutaman, kutaman, kutaman…



Бошка кушик матнлари:


Xo'ja guruhi - Bahor
Doniyor Fayz - Vafodor
Dj Piligrim - Man daydi
Fazo - Kechiring ota, onajonim
Tamila - Gapim bor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты