Oxunjon Madaliyev - Yolg’izim

Qalbimni xayollar maskan etsalar,
Qo’rqinchli shubhalar solsalar g’ulu, (x2)
Nogahon yulduzing so’ndi, desalar,
Yurakda g’alayon boshlasa tuyg’u,

O’kinchdan alamdan sarg’aysa yuzim,
Seni qo’msagayman takror, yolg’izim. (x2)

Do’stlarim mehridan bo’lganimda mast,
Ulkan bog’larida uchganda navo,
Tiyrak nigohimda qorli tog’ emas,
O’zbegim g’ururi bo’lganda paydo,

Gulu-chechaklarga burkansa yuzim,
Seni qo’msagayman takror, yolg’izim. (x2)

Hayhot-ki, ul tengsiz ko’zlar sehriga
O’zgalar og’zida to’qilsa ertak,
Qarab to’yolmasdan ko’zlar sehriga
Yorilmoq bo’lganda rashkdan bu yurak,

Bo’g’zimda qolganda oxirgi so’zim,
Seni qo’msagayman so’ng bor, yolg’izim. (x2)

Seni qo’msagayman so’nggi bor, yolg’izim. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Sherali Jo'rayev - O’zbegim
Bojalar guruhi - O’zbekiston
Shahzoda - O’zbegim
Sardor Rahimxon - Do’stlarim
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты