Benom guruhi - 18-bekat

Tong sahar kunda
Boraman bekat tomonga,
Qarasam turar, avtobus kutar
Beg’ubor bir go’zal qizcha.

Lablari shirin gulg’uncha,
Qarashlari ham o’zgacha,
U ketar kulib, yuragim olib,
Qolarman maftun bo’lib.

18-bekat, kutarman uni faqat,
Bir ko’rib sevib qolgan,
Tinchimni olgan,
Muhabbat, muhabbat.
18-bekat, ko’rishamiz deb albat,
Balki ertaga shu payt
Kelganingda sen
Boy bermasdim fursat, bir fursat.

Har kuni yana
Shoshaman bekat tomonga,
Ko’rgim keladi, aytgim keladi
Sevib qolganimni unga.

Beg’ubor o’sha nigohlar,
Sog’inib yuragim qiynar,
Tinmay bu yurak, umidvor halak
Bugunam kelsa kerak.

18-bekat, kutarman uni faqat,
Bir ko’rib sevib qolgan,
Tinchimni olgan,
Muhabbat, muhabbat.
18-bekat, ko’rishamiz deb albat,
Balki ertaga shu payt
Kelganingda sen
Boy bermasdim fursat, bir fursat.



Бошка кушик матнлари:


Shahzoda - Umidvor
Munisa Rizayeva - Gulg’uncha
Shaxriyor - Seni ko’rdim
Shoxrux - Xayolimdasan
Шахзода - Umidvor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты