Asal Shodieva, Baxtiyor Rahmonov - Men qalbimni yo’qotmoqdaman

[Asal Shodieva]
Men qalbimni yo’qotmoqdaman,
Parokanda bo’lmoqda hislar.
Armonlarga yo’liqmoqdaman,
Ogoh bo’ling holimdan, do’stlar.

[Baxtiyor Rahmonov]
Qiyma-qiymalayotir qaqshatib,
Yuragim yig’lar ozor.
E’tiqodsiz erta dahshati,
Rastalarga termoqda bozor.

Chirog’i bor yurak qayda bor?
Ayting qaydan topay so’roqlab.
Qarshsida, qarshisida to’yib yig’lay zor,
Vujudimni olayin poklab. (x2)

[Asal Shodieva]
Bokiralik yarashur asli
Tabiatning og’riq ko’ksiga.
Boshim qo’yib qilayin arzim,
Armon qo’shib dilim o’ksigiga.

[Baxtiyor Rahmonov]
Tiz cho’kaman holimdan toyib,
Ashq zahridan sarg’ayar o’tlar.
Nelarnidir ko’ngliga tuyib,
Behis boqar menga manqurtlar.

Chirog’i bor yurak qayda bor?
Ayting qaydan topay so’roqlab.
Qarshsida, qarshisida to’yib yig’lay zor,
Vujudimni olayin poklab. (x2)

[Asal Shodieva]
Men qalbimni yo’qotmoqdaman…
Ogoh bo’ling…



Бошка кушик матнлари:


Dj Piligrim, Nilufar - Dilim
Gulsanam Mamazoitova - Dilozor
Og'abek Sobirov - Ozor
Islomjon Ergashev - Qaydan sevdim
Shohruhxon - Leksus yoki Ferrari


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты