Munisa Rizayeva - Yomg’irlar

Senga nigohim qadalgan zamon
G’ururim unutdim butkul,
Ko’ksimni tirnaydi hijron,
Gulhanlarda yondim bo’lib kul.

Qadamlaring etmayin pora
Yonginamdan o’tgin bir bora,
Nasib aylab jilmayib qo’ysam
Bu hayotim hal bo’lar.

Bu yomg’irlar men uchun yig’lar,
Visoling tilar, qo’msar har onda.
Bu yomg’irlar sen tomon chorlar,
Visoling tilar.

Mayli bo’lay ko’plab ovora,
Qilib paymol g’ururimni
Sevgan bo’lsam nachora?
Sen tomon bosay qadamimni.

Soddagina banda kamina,
Yashayman seni suratingla,
Muhabbatim etmagin xor,
Senda ko’nglim bor.

Bu yomg’irlar men uchun yig’lar,
Visoling tilar, qo’msar har onda.
Bu yomg’irlar sen tomon chorlar,
Visoling tilar.

Bu yomg’irlar men uchun yig’lar,
Visoling tilar, qo’msar har onda.
Bu yomg’irlar sen tomon…
Bu yomg’irlar, heey.


qo’msar



Бошка кушик матнлари:


Botir Qodirov - Yomon yondim
Botir Qodirov - Bora-bora
Salom guruhi - Nayzangul
Munisa Rizayeva, Shahzod guruhi - Bom-bom
Munisa Rizayeva, Shahzod Murodov - O’jar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты